Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gaitida millionlab odamlar ochlikdan qiynalmoqda – BMT

Gaitida millionlab odamlar ochlikdan qiynalmoqda – BMT

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, ayni paytda Gaitida 4,9 million kishi o‘tkir ochlikdan aziyat chekmoqda va ular uchun yetarli miqdorda oziq-ovqat sotib olish tobora qiyinlashib bormoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Gaiti aholisi 11,45 millionni tashkil qiladi.

Jangari guruhlar mamlakatning katta qismini nazorat ostiga olgan, mamlakat iqtisodi tanazzulga yuz tutgan, inflyasiya 49,3 foizga ko‘tarildi va to‘da rahbarlari oziq-ovqat va suvdan foydalanish imkoniyatini cheklab qo‘ygan.

Qurg‘oqchilik ekinlar hosildorligini pasaytirdi. Inflyasiya, oziq-ovqat qimmatlashishi odamlarni hech narsasiz qoldirdi.

Zo‘ravonlik davom etar ekan, mamlakatdagi inqiroz yanada kuchayishi bashorat qilinmoqda. Hozirda poytaxtni va mamlakatning yarmidan ko‘pini davlat xavfsizlik kuchlari emas, balki jinoiy guruhlar nazorat qilmoqda.

BMT Jahon oziq-ovqat dasturining Gaiti bo‘yicha direktori Jan-Martin Bauer so‘zlariga ko‘ra, Gaitida ocharchilik bilan bog‘liq favqulodda vaziyat yuzaga kelgan.

2021 yil iyul oyida mamlakat prezidenti o‘z uyida o‘ldirilganidan so‘ng, orol davlati zo‘ravonliklarga botib ketdi va dahshatli hayot tarzi yuzaga keldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring