Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gaz birinchi navbatda kimlarga yetkazib beriladi?

Gaz birinchi navbatda kimlarga yetkazib beriladi?

Foto: «Review.uz»

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qonunchilikka muvofiq, gaz ta’minoti maishiy iste’molchilar, oilaviy korxonalar hamda strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega iste’molchilarga birinchi navbatda yetkazib beriladi.

Maishiy iste’molchilar – maishiy ehtiyoj (ovqat tayyorlash, issiq suv va isitish) uchun tabiiy gazdan foydalanuvchi aholi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, idoraviy va munitsipal uy-joy fondi, yotoqxonalar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda aholi ehtiyojlari uchun lokal qozonxonalar ham yuqoridagi toifaga kiritildi.

Mazkur iste’molchilarga gaz maishiy iste’molchilar uchun belgilangan tariflarda  yetkazib beriladi.

Ma’lumot uchun, aholiga kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun gaz yetkazib berish 2018-yil 16-noyabrdan 320 so‘m, 2019-yil 1-iyundan 350 so‘mni tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring