Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gazimizni xorijliklarga berib, yana ular oldida qarzdormiz. Xalqimizga gazni qaytaring!

Gazimizni xorijliklarga berib, yana ular oldida qarzdormiz. Xalqimizga gazni qaytaring!

Foto: «Total.kz»

Davlat boshqaruvi islohotlari sohasida taniqli ekspert, Singapurning «Smartgov Sonsulting» konsalting byurosining hududiy ijrochi direktori Aziza Umarova o‘zining telegram kanalida «O‘zbekneftgaz»ning Xitoy kompaniyasidan 16 mln. dollar qarz bo‘lgani haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi:

OAV «O‘zbekneftgaz» Xitoy kompaniyasidan 16 mln. dollar qarz bo‘lgani haqida yozishdi.  Bir oy oldin aynan shu «O‘zbekneftgaz» Lukoyldan 600 mln. dollar qarz bo‘lgani xususida aytishgandi.

Ya’ni, bizning fuqarolar mamlakat bo‘ylab gazsiz yigirma yildan buyon sovuq qotishadi. Bu o‘rinda O‘zbekiston gaz olinadigan mamlakatlarning o‘ntaligiga kirishini esdan chiqarmasligimiz kerak. Nahotki, shunday bo‘lgani holda, yana qarzga botsak?

O‘zbekistondagi Lukoyl yiliga 14,5 mlrd. kub gaz ishlab chiqaradi. OAV yozganidek, garchi MBK (mahsulot bo‘limining kelishuvi, skrin) respublikada ishlab chiqarilayotgan gaz eksportining barcha hajmini inobatga olsa-da, 600 mln. dollarlik qarz O‘zbekiston tomonining ichki bozorga bir qism gazni olganidan yuzaga kelgan. 

Bundan kelib chiqadiki, biz rossiyaliklarga barcha hajmdagi gazni eksport qilishiga yo‘l bermayotganimiz uchun qarzdor bo‘layotgan ekanmiz-da?! Gazimizning bir qismini o‘zimizning odamlarga berganimizga-ya?

Eng achinarlisi – bu holat yaqin orada tugamaydi. Mavjud MBK 2046-yilgacha davom etadi. Biz gazsiz mana shunday ahvolda yana 28 yil qarzdor bo‘lamiz. Qarzdorligimiz cho‘zilsa, bu vaqt yana cho‘ziladi. Mamlakatdagi butun bir avlod gazsiz tug‘iladi va gazsiz umri o‘tadi. 2046-yilga kelib tabiiy gazimizning tugashi ehtimoldan holi emas.

Buning yechimi bormi? Holatga ko‘ra, MBKni qaytadan ko‘rib chiqishimiz lozimga o‘xshaydi. Bu narsa turli mamlakatlarda, turli sabablar bilan turli bosqichlarda amalga oshirilgan.

Ayonki, kelishuv shartlari u imzo qo‘yilganidan 14 yil o‘tib ham (2004) gazsiz kun kechirayotgan oddiy fuqarolar manfaatiga zid bo‘lib qolmoqda. Yuzaga kelgan qarzni olib qaraydigan bo‘lsak, iqtisodiy foydaga ham to‘g‘ri kelmaydi. Shartnoma imzolanayotganida nimani hisobga olishgan, bizga qorung‘u, biroq aniqki, uylarda gaz yo‘qligi tufayli cho‘yan pech-burjuykalarga, tappi, is gazi va biogazga o‘tamiz, issiqxonaning kesilgan quvurlari (xayr, agrosanoat komplekslari!), o‘zimizning gazimiz sababli rossiyaliklar oldida yuzaga kelgan ulkan qarzlar bilan qolamiz. 

Eng asosiysi esa, xorijga gazimiz isini chiqarishimizdan bizga hech qanday foyda bo‘lmaydi. Aynan shu foydani inson kapitaliga sarflashimiz kerak.

Odamlarga gazni qaytaring. Iltimos! – deb yozadi ekspert.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring