Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

G‘azoda isroilparast qo‘mondon o‘ldirildi

G‘azoda isroilparast qo‘mondon o‘ldirildi

Falastin qurolli guruhi bo‘lgan «Xalq kuchlari» yetakchisi Yasir Abu Shabab o‘q yeb vafot etdi, deb xabar berdi Reuterz agentligi 4-dekabr kuni guruh bayonotiga asoslanib

Guruh ma’lumotlariga ko‘ra, Yasir Abu Shabab ichki nizoga aralashayotganda yaralangan. Guruh uning qotilligi ortida HAMAS tashkiloti turgani haqidagi xabarlarni rad etdi. 

Yasir Abu Shabab G‘azo sektorining janubidagi Isroil nazoratidagi Rafahda joylashgan badaviy qabilasining yetakchisi edi. U G‘azo sektorida HAMASga qarshilik ko‘rsatuvchi «Xalq kuchlari» guruhiga rahbarlik qilgan. Guruh Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush paytida paydo bo‘lgan. 

Muxolifat siyosatchilari va Isroil ommaviy axborot vositalari Abu Shabab Isroil Bosh xavfsizlik xizmati (Shin Bet) loyihasi ekanligini da’vo qilishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring