Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Germaniya O‘zbekistonga 20,6 mln yevrolik preparatni yordam tariqasida yuboradi

Germaniya O‘zbekistonga 20,6 mln yevrolik preparatni yordam tariqasida yuboradi

Germaniya O‘zbekistonga insonparvarlik yordami tariqasida 10 ming doza Casirivimab/Imdevimab kombinatsiyalangan preparatini yuboradi.

Bu preparat koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda yuqori samaraga ega.

Toshkentga bugun soat 21:00da keladigan yukning umumiy qiymati 20,6 mln yevroni tashkil qiladi.

Casirivimab/Imdevimab («Roche» Shveysariyaning farmatsevtika kompaniyasidan) — COVID-19ga qarshilikni ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan sun’iy «antitanachalar kokteyli». Hozirgi vaqtda preparat ularning hali ham yangi shtammlarga chidamli yagona kombinatsiyasi hisoblanadi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, preparat kasalxonaga yotqizish va koronavirusdan o‘lish darajasini 70 foizga kamaytirdi, shuningdek kasallik alomatlarining davomiyligini 14 kundan 10 kungacha qisqartirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring