Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada noxush holat qayd etildi

Germaniyada noxush holat qayd etildi

Foto: «chto-proishodit.ru»

Germaniyada kuniga rekord darajadagi COVID-19 holatlari aniqlandi.

Germaniyada kuniga koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘payishi bo‘yicha antirekord yangilandi. Germaniya Sog‘liqni saqlash vazirligining mamlakatda kovid bilan kasallanish holatlari statistikasini yurituvchi Robert Kox instituti hisobotiga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida mamlakatda 39 676 kishida COVID-19 aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, avvalgi antirekord o‘tgan juma kuni o‘rnatildi – 37 120. Shu bilan birga, bir hafta oldin Germaniyada 20 398 ta qayd etilgan.

Germaniyada so‘nggi 24 soat ichida 236 kishi koronavirus infeksiyasi tashxisi bilan vafot etdi. O‘tgan hafta 194 kishi kovid qurboni bo‘lgani ma’lum qilingandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bavariyada intensiv terapiya bo‘limlari yetarli emas, shu boisdan viloyat hokimiyati yangi cheklovlar joriy etishga qaror qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring