Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Google»ning brendi endi O‘zbekistonda

«Google»ning brendi endi O‘zbekistonda

Foto: «Youth Opportunities»

Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekistonda birinchi marotaba «Women Techmakers 2018 International Women’s Day Celebration (IWD)» tadbiri bo‘lib o‘tadi.

«Women Techmakers IWD» tadbiri Toshkent shahridagi Inha universiteti, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va BMTTDning «Ma’muriy islohotlar va raqamli transformatsiya» loyihasi hamda «Super Dispatch» kompaniyasi qo‘llab-quvvatlashi yordamida «Google Developer Groups (GDG) Tashkent» tomonidan tashkil etilmoqda.

«Women Techmakers» – bu «Google»ning brendi bo‘lib, yuqori texnologiyalar sohasidagi ayollar uchun global dastur hisoblanadi. «Women Techmakers» innovatsiyalarni rag‘batlantirish hamda ayollarni jalb etishga mo‘ljallangan resurs va hamjamiyatdir.

«Women Techmakers» tadbiri ayollarni yuqori texnologiyalar sohasida ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan. 

«Women Techmakers IWD» tadbiri ikki qismdan iborat. Kunning birinchi yarmida ishtirokchilar axborot texnologiyalari sohasida ishlayotgan ayollar faoliyati bilan tanishadilar. Ular IT-loyihalar ustida ishlash bo‘yicha, shu jumladan xorijiy kompaniyalardagi o‘z tajribalari haqida ma’lumot berishadi.

Kunning ikkinchi yarmida «Women Techmakers IWD» ishtirokchilari turli IT-mahsulotlarni ishlab chiqish va loyihalarni boshqarish bo‘yicha bilim beradigan seminar va mahorat darslarida qatnashishlari mumkin.

Tadbirda 18 yosh va undan katta bo‘lgan barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin. Tadbir — ingliz, o‘zbek va rus tillarida bo‘ladi. Unda ishtirok qatnashish uchun 2018-yilning 5-martiga qadar http://bit.ly/wtm18tashkent sahifasi orqali ro‘yxatdan o‘tishi lozim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring