Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gretsiyadagi yong‘inlarda 90 dan ziyod kishi halok bo‘ldi

Gretsiyadagi yong‘inlarda 90 dan ziyod kishi halok bo‘ldi

Foto: «RIA Novosti»

Gretsiya poytaxti Afina shahri yaqinidagi o‘rmonlarda davom etayotgan yong‘inlar tufayli halok bo‘lganlar soni 90 nafardan oshib ketdi, deya xabar beradi «Sabah.com».

Gretsiya O‘t o‘chiruvchilar tashkiloti matbuot kotibi Stavrula Mallirining aytishicha, olti kundan beri o‘chirish imkoni bo‘lmayotgan tabiiy ofat tufayli 25 kishi bedarak yo‘qolgan. Ularni qidirish ishlari davom etmoqda.

Yong‘indan jabr ko‘rgan 4 kishining halok bo‘lishi sababli qurbon bo‘lganlar soni 91 kishiga yetgan. Jon bergan 59 kishining shaxsi aniqlandi. Halok bo‘lganlarning dafn marosimlari davom etyapti.

Yong‘in tufayli 180 dan ziyod kishi yaralangan, mingdan ortiq uy jiddiy zarar ko‘rgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring