Gulistonda ovqatlanish shoxobchasida gaz portlagan: jabrlanganlar bor
Bugun, 2-dekabr kuni soat 10:49 da Guliston shahar «Taraqqiyot» MFY hududida joylashgan ovqatlanish shoxobchasining oshxonasida yong‘in sodir bo‘ldi.
Hodisa joyiga hududiy FVB xodimlari yetib borgan va ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Viloyat SSB bergan ma’lumotga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida ular Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyat filialiga yetkazilgan. Vafot etganlar yo‘q.
Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ushbu bemorlar holatini o‘z nazoratiga olgan.
Mahalliy aholi mazkur ob’yekt bozor hududida joylashgani va yong‘in suyultirilgan gaz balloni portlashi natijasida kelib chiqqani, qurbonlar borligi haqida yozmoqda. Rasmiy ma’lumotlarda esa yong‘in sabablari haqida ma’lumot berilmagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter