Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gvardiolaning «Siti»dagi ilk sovrini. Angliya liga kubogi finalida «Arsenal» mag‘lub etildi (video)

Gvardiolaning  «Siti»dagi ilk sovrini. Angliya liga kubogi finalida «Arsenal» mag‘lub etildi (video)

Foto: Chempionat.com

Angliya kubogi musobaqasaning joriy yilgi mavsumi yakuniga yetdi. Hal qiluvchi bahsda «Arsenal» – «Manchester Siti» to‘qnashuvi bo‘lib o‘tdi va o‘yin APL peshqadami «shaharliklar»ning yirik g‘alabasi bilan yakun topdi.

«Shaharliklar» safida Aguero, Kompani va Silva bittadan gol urib, jamoasining yirik g‘alabasini ta’minladi. Ushbu sovrin «Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uchun birinchisi hisoblanadi.

Bu «Arsenal»ning “Uembli» stadionida so‘nggi 19 yildagi eng yomon natijalaridan biridir. «To‘pchilar» so‘nggi bor «Uembli»da 1999-yilning oktyabrida YeChL doirasida «Barselona»ga qarshi bahsda 4 ta to‘p o‘tkazib yuborgan edi. O‘shanda kataloniyaliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozonishgan.

Angliya kubogi. Final.
Arsenal – Manchester Siti 0:3.
Gollar: 0:1 – 18 Aguero, 0:2 – 58 Kompani, 0:3 – 65 Silva.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring