Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Halol bo‘ling! YPX xodimiga pora bergan shaxs jazo oldi

Halol bo‘ling! YPX xodimiga pora bergan shaxs jazo oldi

A.Kamolov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘zining boshqaruvida bo‘lgan «Neksiya» rusumli avtomashinasida «Nukus-Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab tezligi 70 km/soat belgilangan joyda tezlikni soatiga 76 km/soatga oshirgan. Natijada Karmana tumani «Varq» aholi yashash joyida o‘rnatilgan tezlikni o‘lchash moslamasida qayd qilindi.

Navoiy viloyat IIB YHXB AYPXO 2-safarbarlik guruhi YPX xodimi R.Ro‘ziyev tomonidan avtomobil to‘xtatilib, unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma tuzilgan va boshqaruvidagi avtomashina jarima maydoniga kiritilgan.

Haydovchi o‘zining manfaatlarini ko‘zlab,14 mart kuni soat 21:30 larda Karmana tumanidagi avtomashinalar jarima maydonchasida mashinasini maydonchadan chiqarib berish evaziga YPX xodimi R.Ro‘ziyevga 585.000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

14 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudi majlisida davlat organi mansabdor shaxsiga qonunga xilof ekanligini bila turib, 585.000 so‘m pullarni pora tariqasida bergan sudlanuvchi A.Kamolovga nisbatan hukm o‘qildi. U sud muhokamasida aybiga iqrorlik bildirgan.

O‘zbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan sudlanuvchi A.Kamolovga nisbatan 2 yil muddatga, sutkaning soat 22:00dan ertalabki 06:00gacha bo‘lgan davrida turar joyidan chiqishni cheklashdan iborat bo‘lgan ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Shuningdek, A.Kamolovga ozodlikni cheklash jazosini o‘tash davrida IIBning roziligisiz yashash joyini o‘zgartirmaslik, tegishli ma’muriy hududdan tashqariga chiqmaslik kabi qo‘shimcha taqiqlar ham qo‘llanildi.

A.Saydullayev, Jinoyat ishlari bo‘yicha
Karmana tuman sudi raisi

O‘zA

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring