Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ham reklama, ham savob. «Xushnudbek.uz» kanali aksiya e’lon qildi

Ham reklama, ham savob. «Xushnudbek.uz» kanali aksiya e’lon qildi

«Xushnudbek.uz» kanalida reklama bermoqchimisiz? Endi bunday imkoniyat Sizda bor! Ehtiyojmand talabalardan birining kontraktini to‘lang va reklamangizni joylashtiring, — deb yozmoqda bloger Xushnudbek Xdoyberdiyev.

Kanalim o‘z faoliyatini boshlaganiga 1 yilu 3 oy bo‘ldi. Shu davr mobaynida kanalimda biror marta reklama bermadim. Lekin obunachilar soni oshgani sayin reklama berish haqidagi tijoriy takliflar ham ko‘payib bordi va hozir ham yetarlicha.

Reklama bermasligimning prinsipial bir qancha sabablari bor, ularni birma-bir sanab o‘tmoqchi emasman. Yaqin o‘rtada reklama berish niyatim ham yo‘q.

Ammo anchadan buyon o‘ylab yuraman — hozir menga reklamadan daromad olishga ehtiyoj yo‘qdir, ammo reklama takliflari bor ekan, nima uchun o‘sha mablag‘larni ehtiyojmandlarga yo‘naltirmaslik kerak? Bu xuddi bo‘sh yotgan 100 gektar yerga o‘xshaydi. Menga hozir shu yerdan hosil olishga ishtiyoq va xohish yo‘qdir, ammo yer kerak insonlarga bo‘lib bersam, ularga foyda bo‘ladiku.

Shunga ko‘ra, bismilloh deb, bugundan kanalda reklama berishga oid ijtimoiy aksiya e’lon qilishga qaror qildim. Aksiya shartlari juda oddiy:

1) reklama berish uchun ehtiyojmand talabalardan birining yarim yillik kontrakti to‘lab berilishi kerak;

2) kontrakt to‘langanligi haqida kvitansiya asosida kanalda reklama e’lon qilinadi.

Aksiya 30 sentyabrgacha davom etadi.

Reklama berish istagida bo‘lganlar quyidagi manzil orqali batafsil ma’lumot olishlari mumkin: @xushnudbekreklama

Ham biznesingizni reklama qiling, ham ilmni qo‘llab-quvvatlang, ham savobga ega chiqing, deyiladi reklama aksiyasi e’lonida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring