Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hasanboy Do‘smatov professonal boksga o‘tmoqda — u chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladi

Hasanboy Do‘smatov professonal boksga o‘tmoqda — u chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladi

2019 yilning fevral oyida poytaxtimizda hali O‘zbekiston professional boksi tarixida kuzatilmagan prof boks oqshomi o‘tkaziladi. Bu haqda "Olamsport" nashri xabar tarqatdi.

16 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan boks kechasiga "O‘zbekiston" sport majmuasi mezbonlik kiladi. E’tiborga molik jihati shundaki, ushbu boks oqshomida Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov professional boksda debyut qiladi.

Hasanboy ilk jangidayok chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladi. Hozircha jangning aynan qaysi yo‘nalish kamari uchun o‘tkazilishi ma’lum emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring