Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Havodan ichimlik suvi oluvchi qurilma yaratildi

Havodan ichimlik suvi oluvchi qurilma yaratildi

Foto: Shanxayning Jiao Tong universiteti

Shanxayning Jiao Tong universiteti mutaxassislari atmosfera havosidan ichimlik suvi olish imkonini beruvchi texnologiyani yaratishdi. Bu haqda China Daily xabar berdi.

Ishlanmaga kondensatsiya, yutilish va issiqlik nasosi usullari asos qilib olingan. Ushbu tizim namlik past va issiq mintaqalarda qo‘l kelishi mumkin.

Xitoylik muhandislar quyosh panellarida ishlaydigan avtonom stansiya — AtmosWell qurilmasini taqdim etishdi. U harorat 15 dan 40 darajagacha, namlik 35 dan 99 foizgacha bo‘lgan sharoitda ishlaydi. Kuniga 50 litrgacha suv ishlab chiqaradi va infratuzilmaga ulanishni talab qilmaydi. Qurilmaning o‘lchamlari kichik avtobus bekati kattaligicha keladi.

Havodan suv oluvchi AtmosWell tizimi

Bundan tashqari, sutkasiga 1,6 ming litrga yaqin suv chiqarish quvvatiga ega platforma ham yaratildi. Undan orollar, kichik aholi maskanlari, chekka hududlardagi mehmonxonalarda foydalanish taklif etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring