Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish tartibi bilan tanishing

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish tartibi bilan tanishing

Toshkent shahar IIBB YHXB Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalarida haydovchilik guvohnomasini almashtirishni istagan shaxslarning haydovchilik guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-martdagi 116-sonli qarori talabidan kelib chiqqan holda yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtiriladi.

Bunda haydovchilardan pasport, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va uning ogohlantirish taloni talab etiladi. Bu haqda Toshkent shahar YHXB xabar berdi.

Haydovchilar mazkur hujjatlarni belgilangan tartibda yozilgan ariza va to‘lov pattasi (120 568 so‘m) bilan birga taqdim etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring