Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihondan o‘tkazib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihondan o‘tkazib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning G‘ijduvon tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.D. boshqa bir fuqaro N.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 3,8 mln so‘mni tanishining plastik kartasiga o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tadbirkorga savdo do‘koni qurishga ruxsat olib bermoqchi bo‘lgan bo‘lim boshlig‘i qo‘lga tushgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring