Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi — «Yer chempioni»

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi — «Yer chempioni»

Foto: theunrealtimes.com

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi BMTning «Yer chempioni» mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu haqda «REGNUM» axborot agentligi xabar berdi.

BMTning bu oliy mukofoti ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishda eng katta yutuqlarga erishganlarga topshiriladi.

Narendra Modiga mukofotni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, 23-sentyabr kuni BMT Bosh assambleyasida Narendra Modi (Hindiston) va Emmanuel Makron (Fransiya) nomzodlari ushbu mukofotga tavsiya etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring