Hindistonga rus nefti xaridi uchun joriy etilgan boj bekor qilindi
Donald Tramp Hindistonga Rossiya neftini xarid qilganlik uchun joriy etilgan bojni bekor qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Avgustda hind tovarlari uchun 25 foizlik qo‘shimcha boj joriy etilib, jami boj 50 foizga yetgandi.
Bugun, 7-fevralda kuchga kirgan farmonda belgilanishicha, agarda AQSh savdo vazirligi Hindiston Rossiyadan neftni bevosita yoki bilvosita keltirayotganini aniqlasa, boj yana tiklanishi mumkin.
Shuningdek, savdo bitimi kuchga kirmoqda, unga muvofiq, Hindistonga 5 yil davomida 500 mlrd dollar qiymatidagi AQSh tovarlari, jumladan, neft, gaz, ko‘mir, qimmatbaho metallar, samolyotlar, yuqori texnologiyali mahsulotlarni xarid qilish majburiyati yuklanadi.
Ushbu savdo bitimi doirasida AQShga kiritilayotgan Hindiston mahsulotlari uchun bojni, Rossiya neftini xarid qilganlik uchun joriy etilgandan tashqari, amaldagi 25 foizdan 18 foizga tushirish belgilangan.
Shu tariqa Hindiston tovarlari AQSh bozoriga kirishi uchun oldingi 50 foiz o‘rniga 18 foizlik boj kuchga kiradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter