Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistonlik mutaxassislar Andijon viloyati aholisini bepul ko‘rikdan o‘tkazdi (foto)

Hindistonlik mutaxassislar Andijon viloyati aholisini bepul ko‘rikdan o‘tkazdi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

«GM Uzbekistan» kompaniyasi tashabbusi bilan hindistonlik shifokorlar Andijonning Bo‘z va Qo‘rg‘ontepa tumanlariga tashrif buyurishdi.

Foto: «Xabar.uz»

Uch kun davomida Hindistonning yetakchi onkologi Lalan Kumar hamda kardiojarrohi Vaysal Smivamdan iborat shifokorlar guruhi mazkur tumanlarda tashkil etilgan oilaviy poliklinikalarda bemorlarni bepul ko‘rikdan o‘tkazdi. Ko‘rik natijalariga ko‘ra, xorijlik mutaxassislar bemorlarda aniqlangan kasalliklar bo‘yicha zarur muolajalar va tavsiyalarini berdi.

Kompaniya kelgusida mazkur poliklinikalarga xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda aholining salomatligini yaxshilashni maqsad qilgan.

Foto: «Xabar.uz»

Eslatib o‘tamiz, mazkur poliklinikalar o‘tgan yilning noyabr oyida «GM Uzbekistan» kompaniyasi tomonidan kapital ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirilgan edi. Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, uni malakali kadrlar, dori-darmon va tibbiy buyumlar ta’minlashga kompaniya jami 4,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring