Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim o‘rinbosari va yordamchilari jinoyat ustida qo‘lga tushdi

Hokim o‘rinbosari va yordamchilari jinoyat ustida qo‘lga tushdi

Foto: DXX

Farg‘ona va Namangan viloyatlarida korrupsiya va firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlar fosh etildi

DXX hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bog‘dod tumani hokimining o‘rinbosari 8 ming AQSh dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, ushbu mansabdor o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, Beshariq tumanida yashovchi fuqaro tomonidan «elektron onlayn auksion» savdo platformasi orqali ijara huquqi asosida yutib olingan 2,4 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaroga mulk huquqi asosida o‘tkazib berishni va’da qilgan.

Namangan shahri hokimining mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha yordamchisi mazkur mahalladagi «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ajratilgan yer maydonlaridan 8 sotix qismi uchun dalolatnoma rasmiylashtirib, bir yil davomida noturar sifatida foydalanib turish va bir yildan so‘ng yer toifasi qarorini turarjoy toifasiga o‘zgartirib berishni va’da qilib, evaziga fuqarodan 6 000 AQSh dollari talab qiladi.

DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokimlik vakili kelishilgan pulni olgan vaqtida ushlangan.

Yangi Namangan tumani mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birida ham xuddi shunday holat kuzatildi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi tuman hokimligi va kadastrdagi tanishlari orqali ushbu mahalladagi 12 sotix davlat zaxirasida bo‘lgan yer maydonining hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 16 000 AQSh dollarini talab qilib, oldindan 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda ushbu hokimliklar vakillariga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring