Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtda hujjatsiz dorilarni «o‘tkazmoqchi» bo‘lgan shaxs ushlandi

Poytaxtda hujjatsiz dorilarni «o‘tkazmoqchi» bo‘lgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro N.M. dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, o‘zining «Spark» rusumli avtotransport vositasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 271,8 mln so‘mlik 9 turdagi jami 17 904 dona dori vositalarini Toshkent shahriga o‘tkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring