Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hukumat qarori: Endi EKHning 1000 baravarigacha mikrokredit olish mumkin

Hukumat qarori: Endi EKHning 1000 baravarigacha mikrokredit olish mumkin

Foto: «Xabar.uz»

Hukumat qarori bilan «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Endilikda mikrokreditlar tadbirkorlikni boshlash va rivojlantirish (kengaytirish), shu jumladan ishlab chiqarishni texnologik jihozlash va modernizatsiya qilish uchun zamonaviy texnologik uskunalar va texnikalar sotib olishga, shuningdek aylanma mablag‘larni to‘ldirishga beriladi.

Mikrokreditlar tadbirkorlikni rivojlantirish (kengaytirish) va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kichik tadbirkorlik sub’yektlariga (shu jumladan, mikrofirmalar, kichik korxonalarga), dehqon va fermer xo‘jaliklariga 24 oygacha muddat bilan eng kam oylik ish haqining 1000 baravarigacha miqdorda beriladi. Ilgari bu miqdor 500 baravarni tashkil etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring