Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Huquqiy axborot kunlari”da fuqarolarning muammolariga yechim topildi

“Huquqiy axborot kunlari”da fuqarolarning muammolariga yechim topildi

2018-yilning 25-26-dekabr kunlari Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Tojik ovul” mahallasida “Huquqiy axborot kunlari” nomli tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Tadbir davomida viloyat, tuman hamda mutassadi jamoat tashkilotlari (adliya, davlat xizmatlari markazi, hokimiyat, FHDYo, notarius, advokatlar, davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati markazi, komunnal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari va boshqalar) vakillari tomonidan fuqarolar “Sayyor qabul”i tashkil etildi. “Sayyor qabul” davomida o‘nlab fuqarolarning muammolarini hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi.

“Har bir oila – tadbirkor” dasturi bo‘yicha, “Tomorqada kichik issiqxonalarni tashkil etish va unda limon yetishtirish qoidalari” hamda “Quyon, tovuq ko‘paytirish tartibi va qoidalari” mavzularida biznes-treninglar ham ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Bundan tashqari, kun davomida hududda uyma-uy yurib, aholi bilan suhbat o‘tkazish, ularga gaz, svet, suvdan foydalanish, sanitariya-gigiyena masalalariga rioya etish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni tushuntirish ishlari olib borildi. Yuqoridagi masalalar yuzasidan tayyorlangan 10 dan ortiq turdagi 5 00 dan ziyod buklet, flayer va boshqa turli yozma targ‘ibot materiallari tarqatildi.

26 dekabr kuni tadbirlar davom ettirilib, unda aholi bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi o‘tkazilib, yuz nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi. Aholi uchun yangi yil bayrami arafasida arzonlashtirilgan oziq-ovqat savdo yarmarkasi tashkil etildi. Basketbol, voleybol, shashka, tosh ko‘tarish, turnikka tortilish, arqon tortish, kurash, yugurish musobaqalari o‘tkazildi.

Bundan tashqari, tadbir dasturiga ko‘ra bolajonlar uchun ko‘ngilochar teatr tomoshasi, taniqli so‘z ustalari va san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyishi o‘tkazildi.
Kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogiron fuqarolarni moddiy rag‘batlantirish, gaz plitalari, kir yuvish mashinalari va nogironlik aravachalari topshirildi.

Og‘ir sharoitlarda kun kechirayotgan oilalar, yaroqsiz holga kelib qolgan uy-joylar va ko‘p yillar davomida yig‘ilgan dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning hal etilishi ushbu qishloq aholisida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni faqat televizorda ko‘rsatiladigan chiroyli tasvirlar emas ekanligiga balki o‘zlarining hayotiga doir real ijobiy o‘zgarishlar ekanligiga ishonchini mustahkamlaydi. Aslida maqsad ham shu xalqning ko‘nglini olish, unga xizmat qilish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring