Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga kirish tartibi belgilandi

Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga kirish tartibi belgilandi

Foto: «Asr.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma ish (diktant), nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Nizomga ko‘ra, nomzodlarni akademik litseyga qabul qilishda o‘tkaziladigan maxsus-professional tanlovning quyidagi bosqichlari belgilandi:

  • nomzodlarning orfografik va punktuatsion savodxonlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov – diktant;
  • jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov;
  • yakka tartibdagi yakuniy suhbat.

Maxsus-professional tanlov natijalariga ko‘ra nomzodni test sinovlarini topshirishga qo‘yish masalasi hal etiladi.

Tanlovning bosqichlari qabul yilining 1-iyunidan 25-iyuniga qadar o‘tkaziladi.

Shuningdek, nizomda sinovlarni o‘tkazish metodikasi va baholash mezonlari ham aniq belgilab berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring