Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIBB avtomobillar eshigiga qulf osib ketilayotganiga izoh berdi

IIBB avtomobillar eshigiga qulf osib ketilayotganiga izoh berdi

Foto: IIBB matbuot xizmati.

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil eshigi ushlagichiga qulf ilinganligi va unga xat qistirilganligi aks etgan foto va videolar tarqalib ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv va o‘rganishlar natijasida shahar IIBB va uning quyi tizimlariga bu kabi holatlar yuzasidan murojaat kelib tushmaganligi aniqlandi.

«Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! Agar siz bilan shu kabi holat sodir bo‘lgan bo‘lsa yoki shu kabi holatga duch kelsangiz, shuningdek ushbu shaxs haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz 71-206-42-54 yoki 102 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingizni, yoki 97-778-99-65 telegram tarmog‘i raqami orqali xabar berishingizni yohud yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilishingizni so‘raymiz», deyiladi bayonotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring