Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIV mutasaddisi: «Biz bilmaymizku, oynasini ruxsatnomasiz qoraytirgan haydovchi nima ish qilib yurganini»

IIV mutasaddisi: «Biz bilmaymizku, oynasini ruxsatnomasiz qoraytirgan haydovchi nima ish qilib yurganini»

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Avval xabar qilinganidek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

OAV vakillari «tonirovka», ya’ni oynalarni qoraytirish uchun Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan jami nechta odamga ruxsatnoma berilgani va davlat g‘aznasiga qancha pul tushgani haqida savol berdi.

«Men hozir statistik ma’lumotlarni olib kelmaganman, – dedi IIV Yo‘l harakati Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Erali Bozorov. – Lekin shunisi aniqki, respublika bo‘yicha oynalarini qoraytirgan fuqarolarning soni umumiy transport soniga nisbatan hisoblaganda 0,5 foizni ham tashkil qilmaydi».

Jurnalistlar ruxsatnoma olmasdan «tonirovka» qilganlik uchun jarima miqdorining keskin oshirilishidan maqsad nima ekanini so‘radi.

«Biz bilmaymizku, oynasini ruxsatnoma olmasdan qoraytirib olgan haydovchi qayerda nima ish qilib yuripti. Ko‘pchilikning maqsadi boshqa bo‘lishi mumkin, – dedi yo‘l harakati bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Erali Bozorov. – Qolaversa, «tonirovka» qilish majburiy talab emas, ixtiyoriy. Maqsadimiz – oynalarni qonunga xilof ravishda qoraytirishning oldini olish».

Ma’lumot uchun: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 126-moddasiga kiritilgan o‘zgarishga asosan, transport vositalarini tegishli ruxsatnomasiz «tonirovka» qilish (ko‘zgusimon yoki qoraytirilgan oynali) uchun jarima eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida (5 mln so‘m) belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring