Ijod maktablari faoliyatini tartibga soluvchi Nizom tasdiqlandi
Hukumatning joriy yil 17-dekabrdagi 797-son qarori bilan «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizom Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining huquqiy maqomi, ularni tashkil etish hamda faoliyatini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Nizomga ko‘ra, ijod maktablarida ta’lim – tarbiya jarayoni 7–11-sinflarda amalga oshiriladi.
Bir sinfdagi o‘quvchilar soni 20 nafardan ortiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘quv haftasi 5 kun davom etadi. Bunda ijod maktabi Pedagogik kengash qarori asosida 6 kunlik o‘quv haftasiga o‘tkazilishi mumkin.
Ijod maktablari bitiruvchilariga davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat beriladi.
O‘quvchilar Agentlik tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasidagi fanlardan yillik summativ baholashdan muvaffaqiyatli o‘tganda, ijod maktabi direktorining buyrug‘i bilan keyingi sinfga o‘tkaziladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter