Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ijtimoiy himoya agentligi ma’lumotlarning tarqalishi xususida bayonot berdi

Ijtimoiy himoya agentligi ma’lumotlarning tarqalishi xususida bayonot berdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot tizimlariga taalluqli ayrim ma’lumotlar Internet tarmog‘iga chiqib ketganini izohladi. 

Aytilishicha, dastlabki o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, mazkur holat Agentlik tomonidan avval faoliyat yuritilgan eski ma’lumotlar bazasiga taalluqli.

Shu bilan birga, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari tashqi manbalarga tarqalmagan. 

Ayrim axborot saytlarida e’lon qilingan ma’lumotlar holatning haqiqiy mazmuniga mos kelmaydi. Ayni paytda holat bo‘yicha belgilangan tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. 

«Fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida Agentlik tomonidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Tekshiruv natijalari yuzasidan qo‘shimcha axborot belgilangan tartibda jamoatchilikka taqdim etiladi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bugun jtimoiy tarmoqlarda hukumat tizimlariga qarashli veb-sahifalardan 15 million nafar O‘zbekiston fuqarosining shaxsiy ma’lumotlari o‘g‘irlangani va «Dark Web»ga joylashtirilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur fayllarda fuqarolarning pasport ma’lumotlari, telefon va elektron pochtalari, suratlar hamda ish o‘rinlari keltiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring