Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Iker Kasilyasning ustozi Toshkentga keldi

Iker Kasilyasning ustozi Toshkentga keldi

Foto: www.the-uff.com

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va «Real Madrid» klubi akademiyasi o‘rtasidagi kelishuvga asosan «Qirollik klubi»ning 3 nafar murabbiyi — Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visente Toshkentga keldi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.

Mehmonlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘FA vakillari, futbol ishqibozlari hamda OAV xodimlari katta tantanalar bilan kutib olishdi.

Aytish kerakki, Karlos Albert 2008-2015-yillar davomida «Real Madrid»ning asosiy jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan va Iker Kasilyasdek jahonga mashhur darvozabonga ustozlik qilgan. Hozirda u «Real Madrid» klubida metodist sifatida ish olib bormoqda.

Foto: www.the-uff.com

Ispaniyalik mutaxassislar 16-iyunga qadar yurtimizda bo‘lib, bolalarga futbol bo‘yicha master-klasslar o‘tab berishadi.

Tadbirlar 1-iyundan boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring