Ilgiz Tantashev Shotlandiya—Marokash o‘yinini boshqarib boradi
Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar jamoasi mundialdagi ilk tayinlovni oldi.
AQSh, Kanada va Meksikada o‘tayotgan FIFA Jahon chempionati bahslari qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Musobaqaning navbatdagi uchrashuvlaridan biri o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi ishonib topshirildi.
FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar jamoasi 20-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da bo‘lib o‘tadigan Shotlandiya — Marokash uchrashuvini boshqarib boradi.
Hamyurtimizga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter