Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ilhom qanday keladi?

Ilhom qanday keladi?

Foto: «Layfxaker»

Ijodkor insonlar olimlar kabi g‘oyalar inqiroziga uchrab turishadi. Yangi g‘oyalarni har bir inson o‘zicha yaratadi. Shuningdek, inson ijodiy qobiliyatlarni namoyon qilganda miyada sodir bo‘lgan jarayonlar individual ham emas.

Avstriya va Xitoyning xalqaro psixologlar jamoasi bir qator tajribalar o‘tkazib, ijodiy kishilarning neyronal faolligini aniqlashdi. Tajriba davomida ko‘ngillilarning miyalari tomografiya qilindi, ular esa original fikrlarni o‘ylay boshlashdi. Buning uchun ishtirokchilarga ob’yektning obrazi ko‘rsatildi va ular 12 daqiqa ichida uni qo‘llashning noodatiy usulini taklif etishlari kerak edi.

Ijodga to‘sqinlik qiluvchi asosiy narsa bu oddiylik. Ya’ni miyaga kelgan oddiy fikrdan xalos bo‘lish va undan so‘ng boshqa bir mukammal g‘oyani o‘ylash qiyin jarayondir. Shu bois, olimlar ob’yektlarga kreativ yondashuv nuqtai nazardan, ishtirokchilarni ikki guruhga: ijodkor va eng ijodkor ishtirokchilarga bo‘ldilar. Natijada ijodiy qobiliyati yuqori bo‘lgan insonlar miyaning 3 ta neyron tarmoqlari o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatgani aniqlandi.

Tadqiqot davom etmoqda va ikkinchi bosqichda olimlar miya faoliyatini turli ijodiy vazifalarda, masalan, san’at va ilm-fan sohasida qanday farq qilishini va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish mumkinligi darajasini aniqlash istagida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring