Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilhomjon Ne’matov yangi vazifasini bajarishga kirishadi

Ilhomjon Ne’matov yangi vazifasini bajarishga kirishadi

2021-yil 1-yanvardan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Ilhomjon Ne’matov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibining o‘rinbosari vazifasini bajarishga kirishadi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Ilhomjon Ne’matov Namangan viloyatida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika instituti va Moskvadagi Diplomatik akademiyani tugatgan.

1992-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. U tizimda Konsullik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ish boshlagan. Turli yillarda O‘zbekistonning Hindiston, Rossiya, AQShdagi elchixonalariga rahbarlik qilgan, Tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi, tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Iqtisod fanlari nomzodi, O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi yuqori diplomatik martabasiga ega.

Ilhomjon Ne’matov MDH Ijroiya qo‘mitasida iqtisodiy hamkorlik masalalarini muvofiqlashtirishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring