Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ilon Mask o‘z «Wikipedia»sini yaratadi — Grokipedia

Ilon Mask o‘z «Wikipedia»sini yaratadi — Grokipedia

Foto: Flickr

Wikipediaga muqobil onlayn-ensiklopediya xAI kompaniyasi tomonidan yaratiladi. Bu haqda kompaniya asoschisi Ilon Mask X (Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Yangi resurs «Grokipediya» (Grokipedia) deb nomlanadi, unda «Wikipedia»da iqtibos keltirish taqiqlangan manbalarni ham o‘z ichiga olgan kontent yaratiladi va ochiq foydalanish mumkin bo‘ladi, deb yozdi Mask.

Sobiq sarmoyachi bankir Jon Lefevr ta’kidlashicha, «Wikipedia»da Fox News, Breitbart, Daily Caller, Epoch Times, New York Post va Federalist kabi nashrlar taqiqlangan manbalar ro‘yxatiga kiritilgan. Amerikalik investor Devid Saks esa barcha taqiqlangan manbalarni hisobga olgan holda «Wikipediani qayta yozuvchi» sun’iy intellekt yechimi uchun aniq bozor imkoniyati mavjudligini aytgan.

Yuqoridagi kabi fikr-mulohazalarga javob sifatida, Ilon Mask shunday ensiklopediya yaratish xAI rejasida borligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, loyiha «insoniyatning jami bilimlari haqqi-hurmati uchun» amalga oshiriladi va uning natijalaridan barcha bahramand bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring