Indoneziyada yana kuchli zilzila ro‘y berdi

Indoneziyaning Lombok oroliyada yana bir zilzila ro‘y berdi. 5,5 magnitudali zilzila 6 avgust kuni kechki paytda sodir bo‘lib, uning epimarkazi Mataram shahridan 47 km shimoliy sharqda qayd etilgan. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda.
Hozircha qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Indoneziyada 5 avgust kuni ham 7 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan, 91 kishi qurbon bo‘lgan va 200dan ziyod kishi jarohatlangan edi.
Kecha, 6 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Indoneziya xalqiga hamdardlik bildirgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter