Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Indoneziyadagi zilzila qurbonlari soni oshmoqda, shifokorlar va bemorlar vayronalar ostida qolgan

Indoneziyadagi zilzila qurbonlari soni oshmoqda, shifokorlar va bemorlar vayronalar ostida qolgan

Indoneziyadagi zilzila oqibatlari haqida xabar bergandik. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni oshib boryapti.

Xususan, Sulavesi orolidagi Mamuju shahri yaqinida qayd etilgan 5,7 va 6,2 balli kuchli zilzilalar oqibatida 26 kishi halok bo‘lgan, bir necha yuz kishi yaralangan.

«France Press» agentligi ma’lumot berishicha, 10 nafar shifokor va bemorlar ham kasalxona vayronalari ostida qolgan. Ayni paytda qutqaruv ishlari olib davom etmoqda.

Indoneziya Meteorologiya va geofizika agentligi rahbari Dvikorita Karnavatining aytishicha, ushbu zilzilalar oqibatida kamida 26 marta yer silkinishi qayd etilgan. U kuchli zilziladan so‘ng sunami xavfi haqida ham ogohlantirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring