Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Inesta Neymarning «Real»ga o‘tishi haqida: «Menga baribir»

Inesta Neymarning «Real»ga o‘tishi haqida: «Menga baribir»

Foto: «FootballHD»

«Barselona» klubi yarim himoyachisi Andres Inesta o‘zining sobiq jamoadoshi Neymarning «PSJ»dan «Real»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

— Agar Neymar Madridda paydo bo‘lsa, hayron qolarmidingiz?

— Ochig‘ini aytsam, yo‘q. Menga baribir. Bu hurmatsizlik sifatida talqin etilishini istamasdim. Bu haqda o‘ylamayapmiz.

Agar Madrid klubi u bilan shartnoma imzolasa, dunyoning eng kuchli o‘yinchilaridan birini qo‘lga kiritgan bo‘ladi. Ammo «Barselona» tarkibi baribir kuchliroq bo‘ladi», — dedi Inesta.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring