Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ingliz tili grammatikasini tez o‘zlashtirishga yordam beradigan mobil dastur taqdim etildi

Ingliz tili grammatikasini tez o‘zlashtirishga yordam beradigan mobil dastur taqdim etildi

Foto: Layfxaker

«Lifehacker.ru» sizga ingliz tilida gaplarni to‘g‘ri tuzish va lug‘at boyligingizni oshirishga yordam beradigan «Simpler» mobil dasturi haqida ma’lumot beradi.

«Simpler» nazariya, amaliyot va doimiy takrorlashlarni o‘z ichiga olgan samarali hamda eski uslubdan foydalanadi. Biroq dasturchilar an’anaviy o‘qitish modelini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi, endilikda til o‘rganish zerikarli mashg‘ulot emas.

«Simpler»dagi mashg‘ulotlar bir nechta yangi so‘z bilan tanishishdan boshlanadi. Har bir so‘z qiziqarli illyustratsiya va uni to‘g‘ri talaffuz qilishga yordam beradigan so‘z birikmasi bilan tasvirlangan. Yodlab qolish tizimi Ebbingauzning davriy takrorlash nazariyasiga asoslangan, shu sababli dastur ma’lum bir oraliqda so‘zlar yodingizda qolgan-qolmaganini tekshirib turadi.

Ikkinchi bosqich yangi grammatik qoidalar bilan tanishishdan iborat. Buning uchun «Simpler» gap tuzilmasini bloklar ko‘rinishida taqdim etadi, bu esa o‘z navbatida xotirada yaxshi saqlanib qoladi.

So‘nggi bosqich — amaliy mashg‘ulot. Uni bajarish uchun hozirgina darsda o‘tilgan so‘zlar va ularni grammatik qoidalar bo‘yicha to‘g‘ri qo‘llashni bilish talab etiladi. Mashqlar turlicha — diaolog, tarjima, matndagi xatolarni topish va hokazo ko‘rinishida bo‘ladi.

«Simpler»ning barcha nazariy materiallari va qisman amaliy mashqlari bepul. Ammo undan to‘liq foydalanish uchun oylik to‘lovni amalga oshirish kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring