Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Innovatsion rivojlanish vazirining germaniyalik maslahatchisi Estoniya elchisini qabul qildi

Innovatsion rivojlanish vazirining germaniyalik maslahatchisi Estoniya elchisini qabul qildi

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga Estoniyaning favqulodda va muxtor elchisi Arti Xilpus hamda Ostonadagi Estoniya elchixonasi maslahatchisi Erkki Vaysman tashrif buyurdi. Ularni Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Oybek Norinboyev, vazirning yuqori martabali maslahatchisi Karsten Xayns qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

O‘tgan yili oktyabr oyida o‘tkazilgan «Innoweek» innovatsion haftaligida estoniyalik delegatsiya ishtirok etib, qator hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlarning imzolanganligi innovatsion sohada hamkorlikning boshlanishi bo‘lganligini tomonlar qayd etdilar.

Vazir o‘rinbosari O. Norinboyev Innovatsiya vazirligi bugungi kunda respublikamizda ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar qilinayotganini gapirib o‘tdi. Vazirning yuqori martabali maslahatchisi Karsten Xayns o‘zini O‘zbekiston davlat organidagi kadrlar siyosatining «innovatsiyasi», ya’ni Germaniya amaldorining xorijiy mamlakatda yuqori mansab egallagan yagona mansabdori ekanini aytdi. O‘z navbatida estoniyalik diplomatlar, kelgusida estoniyalik mutaxassislar ham O‘zbekistonda shunday martabaga erishishlariga umid bog‘lashlarini bildirdilar.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

A. Xilpus Estoniyada yaratilgan va Estoniyadan tashqari yana ko‘plab davlatlar, jumladan Finlyandiya, Ukraina, Qozog‘iston kabi mamlakatlarda joriy etilgan elektron hukumat va elektron tibbiyotni O‘zbekistonga ham joriy etish borasida hamkorlik qilish ehtimolini gapirdi.

O. Norinboyev O‘zbekiston ham hozirda O‘zbekistonda elektron hukumatni joriy etish bo‘yicha qator ishlar qilinganini, ammo uni mukammallashtirish bo‘yicha estoniyaliklarning tajribasini o‘rganish muhimligini ta’kidladi.

A. Xilpus vazirlik rahbariyati va xodimlarini joriy yilning 20-21-may kunlari Tallinda o‘tkaziladigan konferensiyada ishtirok etish uchun taklif etdi. Vazir o‘rinbosari esa oktyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan navbatdagi innovatsion haftalikka estoniyalik innovatorlarning tashrifini kutib qolishini aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring