Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Instagram»da «Focus» rejimi ishga tushdi

«Instagram»da «Focus» rejimi ishga tushdi

Foto: «iGeeksBlog.com»

Dunyodagi eng mashhur ijtimoiy tarmoqlardan biri hisoblanuvchi «Instagram» «Focus» funksiyasini ishga tushirdi, deb xabar berdi «ITC.ua».

Umuman olganda, ijtimoiy tarmoq mazkur funksiyani mart oyining boshidan sinovdan o‘tkazishni boshlangan edi.

Yangi funksiya kameraning «Tarix» bo‘limi interfeysining bir qismiga aylangan. «Focus» portret tasvirga olish rejimini menyuning «Boomerang» va «Superzoom» funksiyalari joylashgan yerdan topish mumkin. Undan tezkorlik bilan foydalanish uchun «Instagram» mobil dasturi orqali kameraga kirish va barmoqni o‘ngdan chapga qarab ikki marta ekranga ishqalash kerak. Shundan so‘ng dastur kamerasi yuzga fokuslanadi va orqa planni xiralashtiradi. Ta’kidlash kerakki, «Focus» rejimidan nafaqat suratga olish, balki videoga olishda jarayonida ham foydalansa bo‘ladi.

Ayni vaqtda «Focus» rejimining yangilangan varianti «iOS» hamda «Android» qurilmalari uchun mavjud. Ammo uni barcha smartfonlar ham qo‘llab-quvvatlay olmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring