Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugungi natijalar: «Instagram»dagi tanlov nega bekor qilindi?

Bugungi natijalar: «Instagram»dagi tanlov nega bekor qilindi?

Tanlovimizning oltinchi kunidagi natijalar

Foto: «Xabar.uz»

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «UZMOBILE» milliy aloqa operatori bilan hamkorlikda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tanlov e’lon qilganimizdan xabaringiz bo‘lsa kerak.

Ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalangan holda milliy armiyamiz nufuzini oshirish, Qurolli Kuchlar safida konstitutsiyaviy burchini ado etayotgan yigitlarimiz, ularning ota-onalarini qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimiz yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirimizda biz kutmagan va istamagan holatlar yuzaga keldi.

Tanlovning «Twitter» va «Instagram»da o‘tkazilayotgan 2- va 5-yo‘nalishlarida ba’zi ishtirokchilar tomonidan g‘irromliklar kuzatilayotgani haqida avvalgi xabarlarimizda ma’lum qilgan edik. Tanlovni tashkil etish to‘g‘risidagi nizom talablariga ko‘ra, maxsus dasturlar, botlar, spamlardan yordamida yig‘ilgan «retvit» va «layk»lar hisobga olinmaydi. Bu haqda ogohlantirgantirdik, mutaxassislarimiz tomonidan g‘irromlik ishlatgani aniqlangan bir qancha ishtirokchilar tanlovdan chetlashtirildi. Ular tanlov yakuniga qadar qancha yuqori natija ko‘rsatmasin, hisobga olinmaydi.

Afsuski, «Instagram»dagi tanlovda qilmishi fosh bo‘lganidan alamzada bo‘lganlar boshqa yo‘lga o‘tishdi. Shu paytgacha o‘zlari turli bot-dasturlar yordamida «layk» yiqqan bo‘lishsa, nayranglari o‘tmagach, endi boshqalarning natijasini yo‘qqa chiqarishga o‘tishdi. Ya’ni «menga bo‘lmasa, boshqalarga ham yo‘q» qabilida yo‘l tutishdi. Buning oqibatida ayni paytga kelib «Instagram»dagi toza «layk» yiqqan birorta ishtirokchi qolmadi, hammaga spam aralashgan. Bu esa tanlov nizomiga ziddir.

Bu o‘rinda yemagan somsasiga pul to‘layotganlarga achinasan kishi. Ammo bu vaziyatda g‘olibni aniqlashning imkoni yo‘q. Kimniki halol bo‘ldi, kim g‘irrom ishlatdi, bu endi har kimning vijdoniga havola. Juda uzoq muhokamalardan so‘ng, eng muhimi, tanlov nizomiga muvofiq «Instagram» tarmog‘ida o‘tkazilayotgan 5-yo‘nalish bo‘yicha qayd etilgan natijalarni bekor qilishga qaror qildik.

5-noutbuk uchun tez orada boshqa bir tanlov tashkil etiladi. Uning shartlari va muddati haqida qisqa fursatlarda xabar beramiz.

Tanlovning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha qayd etilgan natijalar bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin. Shu o‘rinda tanlovimiz ishtirokchilaridan halol bo‘lishni, shartlarimizga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qolamiz. Aks holda ishtiroklari hisobga olinmaydi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, tanlovning 2-yo‘nalishi g‘olibi 15 yanvar kuni soat 15 00 da, qolgan 3ta yo‘nalish g‘oliblari esa 18 yanvar kuni soat 18:00 da e’lon qilinadi.

Xabarlarimizni kuzatib boring!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring