iPhone 17 va iPhone 17 Air taqdim etildi (foto)

Apple an’anaviy katta taqdimotini o‘tkazdi: xususan, iPhone 17 flagmani hamda kompaniya tarixidagi eng ingichka smartfon — iPhone 17 Air namoyish etildi.
iPhone 17
Ekrani — 6,3 dyuymli, yangilanish chastotasi — 120 gers. Yangi smartfon ekrani oldingilariga nisbatan tirnalishlarga besh karra chidamliroq, telefon 50 foiz quvvat olishi uchun 20 daqiqa kifoya. Byesh xil rangda chiqarilgan: qora, oq, lavanda, ko‘k va marmarak ranglarida.
iPhone 17 Air
Qalinligi — 5,6 mm. Korpusi titandan ishlangan, kompaniya ma’lumot berishicha, bu Apple tarixidagi eng mustahkam smartfondir. Bu telefon qora, oq, to‘q sariq va havo rangda chiqariladi. Smartfonga eng yangi A19 Pro protsessori o‘rnatilgan, uni faqat eSIM bilan ishlatish mumkin.
iPhone 17 Pro
Pro turkumi uch rangda taqdim etildi: oq, to‘q sariq va ko‘k. Smartfon yangilangan sovitish tizimi va alyuminiy korpusga ega.
AirPods Pro 3 to‘plami turli o‘lchamdagi besh juft silikon quloqchinlardan iborat, ya’ni u bu turkumdagilar orasida eng qulayi.
Ushbu modelda tovush sifati ikki baravar yaxshilangan, shovqinni bostirish «fenomenal» darajada to‘rt baravar kuchaytirilgan, akustik arxitektura yanada zamonaviylashtirilgan, deyildi taqdimotda. Dasturiy ta’minot Apple Intelligence yordamida real vaqt rejimida bir nechta tillardan tarjima qilish funksiyasini o‘z ichiga oladi.
Apple, shuningdek uchta aqlli soat modelidan iborat yangilangan turkumni taqdim etdi: Apple Watch Series 11, Apple Watch Ultra 3 va Apple Watch SE 3.
Bu soatlarning barchasida kompaniyaning o‘z Wi-Fi-chipi hamda Bluetooth texnologiyasi qo‘llanilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter