Iqtisodiyot va moliya vazirligining qator vakolatlari yangi Agentlikka o‘tkaziladi
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tashkil etilmoqda.
“Mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini yangi tizim asosida rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–17-son, 04.02.2026 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:
- Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi (Agentlik);
- Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi boshqaruv kengashi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat xaridlari sohasidagi vazifa, funksiya va vakolatlari Agentlikka o‘tkaziladi.
2026 yil 1 iyuldan:
- Agentlik respublika va mintaqa bozorini tahlil qilib, milliy iqtisodiyotga qo‘shiladigan qiymat zanjirlarini oshirishga xizmat qiluvchi o‘zlashtirish tavsiya etiladigan raqobatbardosh mahsulotlar ro‘yxatini sohalar kesimida bosqichma-bosqich shakllantiradi va e’lon qilib boradi;
- o‘zlashtirish tavsiya etiladigan raqobatbardosh mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan mahsulotlarni o‘zlashtirgan tadbirkorlar bilan o‘rnatilgan tartibda kafolatli xarid shartnomalari tuziladi;
- Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini shakllantirishda mahsulotlarni ishlab chiqarishda yaratilgan qo‘shilgan qiymat ulushi qo‘shimcha ball beruvchi ko‘rsatkichlarga kiritiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter