Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Irlandiya aholisi soni 170 yil deganda yana 5 milliondan oshdi

Irlandiya aholisi soni 170 yil deganda yana 5 milliondan oshdi

Foto: Independent.ie

Irlandiyada aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari mamlakat aholisi soni 5,1 millionga yetganini tasdiqlamoqda, deb xabar berdi The Irish Times.

So‘nggi marotaba bu ko‘rsatkichga 1851-yilda erishilgan.

Orol aholisi soni 2016-yilga nisbatan 7,6 foizga o‘sib, 4,7 milliondan 5,1 millionga yetdi. Xuddi shu davrda xorijdan 190 mingdan ziyod odam Irlandiyaga ko‘chib kelgan.

Irlandiyada 1841-yilda birinchi marta o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, o‘shanda mamlakat aholisi 6,5 mln atrofida bo‘lgan. Biroq bir necha yildan so‘ng ocharchilik oqibatida millionga yaqin aholi qirilib ketgan, ikki million nafar irlandiyalik o‘zga yurtlarga ko‘chib ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring