Iroq O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi
Ayni kunlarda Iroq davlatida bo‘lib turgan o‘zbekistonlik tadbirkorlardan iborat delegatsiya mamlakat iqtisodiyot konsulligi tomonidan tashkil etilgan norasmiy formatdagi «Biznes muloqot» tadbirida ishtirok etdi.
Muloqot davomida Iroq rasmiylari tomonidan viza tizimi soddalashtirilayotgani, shuningdek, O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.
Qayd etilishicha, «Baghdad International Fair» ko‘rgazmasi doirasida tashkil etilgan ushbu uchrashuv ikki davlat eksportyorlari uchun muhim hamkorlik platformalaridan biriga aylandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter