Ispaniyada tezyurar poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd izdan chiqib ketishi oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
100 ga yaqin odam jarohatlangan, ulardan 25 nafari og‘ir ahvolda.
Halokat yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:00 lar atrofida Kordova yaqinida yuz bergan.
Ispaniya transport vaziri Oskar Puante bayonot berishicha, to‘g‘ri yo‘ldan harakatlanayotgan Iryo tezyurar poyezdining oxirgi vagonlari «noma’lum sabablarga ko‘ra» izdan chiqib ketgan. Xuddi paytda yonma-yon yo‘lda Renfe tezyurar poyezdi ketayotgan edi. Oqibatda to‘qnashuv sodir bo‘lib, Renfe poyezdining birinchi vagonlari izdan chiqib ketgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter