Isroil g‘azoliklarni qaysi mamlakatlarga ko‘chirmoqchi?

CNN xabar berishicha, G‘azo sektoridagi urush tufayli ko‘chirilgan falastinliklarni qabul qilish bo‘yicha Isroil bir nechta davlat bilan muzokaralar olib boryapti. Bu haqda bosh vazir Benyamin Netanyahu bayonot bergan.
Muzokara olib borilayotgan mamlakatlar — Janubiy Sudan, Efiopiya, Liviya va Indoneziya.
Isroil rahbarining aytishicha, G‘azoning 2 milliondan ziyod aholisining bir qismini qabul qilgani evaziga mamlakatlarga «kattagina moliyaviy va xalqaro badal» to‘lanadi.
Kecha Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekistondagi bir guruh falastinlik fuqarolarga davlat g‘amxo‘rligi, mehr-shafqat tamoyillari asosida ko‘mak berish tizimini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzolagan edi.
Ma’lumot uchun: shaxsan prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2024-yil oxirida 100 nafar falastinlik Rafahdan O‘zbekistonga evakuatsiya qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter