Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil Madrimovning navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi

Isroil Madrimovning navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi

Foto: MOQ matbuot xizmati

Professional boksda yorqin faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Isroil Madrimovning navbatdagi jang sanasi va raqibi aniq bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Yurtdoshimiz o‘zining uchinchi jangini 8-iyun kuni Nyu-York shahridagi «Medison Skver Garden» arenasida o‘tkazadi.

Ushbu boks kechasida Madrimovga meksikalik Norberto Gonsales raqiblik qiladigan bo‘ldi. Gonsales shu paytgacha 35 marta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 23 tasida g‘alaba qozongan (13 nokaut) va 12 bor mag‘lubiyatga uchragan.

Shu kecha markaziy jang yarim o‘rta vaznning taniqli bokschilari qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin va kanadalik Stiv Rolls o‘rtasida kechadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring