Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Iste’foga chiqqan harbiylar ishga joylashishida kafolat bormi?

Iste’foga chiqqan harbiylar ishga joylashishida kafolat bormi?

Foto: «Anons.uz»

«Qurolli kuchlar, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘shinlaridan bo‘shatilgan shaxslarni ishga joylashtirishda kafolatlar bormi?»

Harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan) xodim rezervga bo‘shatilganidan yoki iste’foga chiqqanidan keyin, basharti O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘shinlaridan bo‘shatilgan kunidan boshlab uzog‘i bilan uch oy ichida ishga joylashish masalasida ish beruvchiga murojaat etgan bo‘lsa, avvalgi ish joyida ishga joylashish huquqiga ega.

Harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan), lekin keyinchalik rezervga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqqan xodim, agar uning harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan) kunidan boshlab uch oydan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, avvalgi ish joyiga (lavozimiga) qaytib kelish huquqiga ega.

Korxona qayta tashkil etilganda harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslarni uning huquqiy vorisi, korxona tugatilganda esa mahalliy mehnat organi ishga joylashtiradi.

Xodimlarga ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan kafolatlarni berish mumkin bo‘lmagan hollarda mahalliy mehnat organi ishga joylashtirishni, zarur hollarda esa kasbi bo‘yicha bepul o‘qitishni ta’minlaydi.

Ushbu kafolatlar muqobil xizmatga chaqirilgan xodimlarga ham tatbiq etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring