Italiyalik ayol oltita qishki Olimpiadada medal yutib, tarixiy rekord o‘rnatdi
Italiyalik short-trekchi Arianna Fontana qishki Olimpiya o‘yinlarining oltitasida medallarni qo‘lga kiritgan tarixdagi ilk ayol sportchiga aylandi.
U ushbu natijani Milan va Kortina-d’Ampetssodagi qishki Olimpiadada Italiya terma jamoasi tarkibida aralash estafetada oltin medal sohibiga aylanib qayd etdi.
Fontana o‘zining ilk Olimpiya medali (estafetada bronza)ni 2006-yilda Turinda qo‘lga kiritgan edi, o‘shanda u 16 yoshga ham to‘lmagandi. Keyingi Olimpiadalarda u o‘z jamg‘armasini muntazam boyitib bordi: Vankuver-2010da 500 metrga yugurishda bronza, Sochi-2014da 500 metrda kumush va ikkita bronza, Pxyonchxan-2018da 500 metrda oltin, estafetada kumush va 1000 metrda bronza qo‘shildi. Pekin-2022 Olimpiadasida u yana 500 metrlik masofada oltin yutdi va ikkita kumush medalni ham qo‘lga kiritdi.
Hozir Arianna Fontana 35 yoshda. Uning Olimpiya medallari soni jami 12 taga yetdi (3 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza). Bulardan tashqari, uning hisobida jahon chempionatlarining 17 ta va Yevropa birinchiliklarining 45 ta medali bor.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter