Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Jahon jinoyatlar indeksi»: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

«Jahon jinoyatlar indeksi»: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Osiyo mamlakatlari kriminal xaritasi.

Manba: «Numbeo»

«Numbeo» servisi jahon mamlakatlaridagi jinoyatchilik darajasi indeksini taqdim etdi. Unda O‘zbekiston (28.62) 133 mamlakat orasida 108-o‘ringa joylashtirildi — umuman olganda, boshqalarga solishtirganda, bu yomon natija emas.

O‘zbekiston Bruney (107-o‘rin) va Ruminiya (109-o‘rin) o‘rtasidan joy oldi.

Xaritada qizil bilan jinoyatchilik ko‘p, yashil bilan jinoyatchilik oz sodir etilayotgan mamlakatlar ko‘rsatilgan.

Manba: «Numbeo»

O‘zbekiston Osiyodagi eng tinch 15 mamlakat orasida

Manba: «Numbeo»

Jinoyatchilik darajasi bo‘yicha jahonda 47-o‘rinda ko‘rsatilgan Ukraina (48.84) Yevropa miqyosida 1-o‘rinni band etgan. Yevropada yetakchi uchlikda, shuningdek, Shvetsiya (47.43) va Fransiya (47.37) ham bor.

Jahon miqyosida jinoyatchilik eng avjiga chiqqan besh mamlakat: Venesuela (84.36), Papua-Yangi Gvineya (80.04), JAR (77.29), Afg‘oniston (76.97), Gonduras (76.65).

Solishtirish uchun: antireytingda Qozog‘iston — 34-o‘rinda, AQSh — 50, Kanada — 78, Rossiya — 79, Turkiya — 83, Ozarbayjon — 98, Singapur — 100, Xitoy — 101, O‘zbekiston — 108, Janubiy Koreya — 110-o‘rinda.

Jahonda jinoyatlar eng kam sodir etilayotgan besh mamlakat: Qatar (11.90), Tayvan (15.26), BAA (15.45), Gruziya (20.50), O‘mon (20.62) — barchasi Osiyo mamlakatlari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring